Sizning huzuringizdagi narsa tugaydir. Allohning huzuridagi narsa esa, boqiydir. Albatta, Biz sabr etganlarni qilib yurgan amallarining eng go`zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz. An-Nahl 16:96 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, sizlardagi mol-davlat, lazzat va nematlar har qancha koʻp boʻlmasin, yaqinda tugaydi, tamom boʻladi. Allohning huzuridagi mukofot esa boqiydir, tuganmasdir. Qanday qilib, boqiydan foniyni afzal koʻrasizlar? Ahdlariga vafo qilish yoʻlida sabr qilgan zotlarni qilgan toat-ibodatlarining eng yaxshisi bilan mukofotlaymiz. Ularning yaxshiliklarini oʻn barobardan yetti yuz barobargacha, undan ham koʻp qilib qaytaramiz.