Erkagu ayol, kim mo`min holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz va, albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng go`zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz. Nahl 16:97 ⧉
Tafsir:
Erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, moʻmin boʻlgani holda shariatga muvofiq yaxshi amal qilgan odamga yoqimli hayot baxsh etamiz. U Allohning qadariga rozi boʻlib, boriga qanoat qilib, sokin, xotirjam yashaydi. Toat-ibodatlari uchun unga tavfiq berilgan boʻladi. Oxiratda esa ularning savoblarini qilgan amallarining eng yaxshisiga qarab berurmiz.