O`z bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga mo`'jizalarimizni ko`rsatish uchun sayr qildirgan Zot pok bo`ldi. Albatta, U eshitguvchi va ko`rguvchi Zotdir. Al-Isra 17:1 ⧉
Tafsir:
Alloh har qanday nuqsondan Pok va Oliydir. U cheksiz qudrat sohibidir. U Zot bandasi Muhammad alayhissalomni tunda Masjidul-Haromdan Biz atrofini mevalaru ekinlar bilan, paygʻambarlar maskanlari aylash bilan barakali qilib qoʻygan Baytul-Maqdisdagi Masjidul-Aqso sari sayr qildirdi. Bu bilan bandasiga Oʻzining cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi oyat-alomatlarini koʻrsatdi. U hamma narsani Eshitguvchi, hamma narsani Koʻrguvchi Zotdir.