Va Biz Musoga kitobni berdik va u(kitob)ni Bani Isroilga hidoyat qilib: «Mendan o`zgani vakil tutmanglar!» dedik. Isro 17:2 ⧉
Tafsir:
Muso alayhissalomga Tavrotni berdik va uni Bani Isroilga yoʻl koʻrsatuvchi hidoyat qildik. Keyin Bani Isroilga dedik: "Mendan oʻzgani vakil qilib olib, ishlaringizni oʻshanga ishonib topshirib yurmanglar. Faqat va faqat Mengagina tayaninglar".