U: «Anavilarni ko`zni ochguvchi qilib osmonlaru yerning Robbidan o`zga hech bir Zot tushirmaganini yaxshi bilasan. Albatta, men seni, ey Fir'avn, halok bo`lguvchisan deb o`ylayman», dedi. Isro 17:102 ⧉
Tafsir:
Muso unga raddiya bildirib dedi: "Ey Firavn, bu oyat-moʻjizalarni osmonlaru yerning Parvardigori Allohgina nozil qilganini juda yaxshi bilasan. Ularni Oʻzining qudrati va paygʻambarining haq ekaniga hujjat-dalillar sifatida nozil qildi. Lekin sen uni inkor qilding. Men aniq bilamanki, ey Firavn, siz aniq halokatga uchraysan".