Batahqiq, Biz Musoga to`qqizta ochiq-oydin oyat-mo`'jiza berdik. Bani Isroildan ularga u (Muso) kelgan payti(nima bo`lgani)ni so`ragin. Bas, Fir'avn unga: «Albatta, men seni, ey Muso, sehrlangansan deb o`ylayman», dedi. Al-Isra 17:101 ⧉
Tafsir:
Darhaqiqat, Musoga uning paygʻambar ekaniga guvohlik beradigan toʻqqizta ochiq hujjatlarni, moʻjizalarni berdik. Ular: aso, yaltiragan qoʻl, qahatchilik yillari, mevalarning kamayishi, toʻfon, chigirtkalar, bitlar, baqalar va qon. Ey Paygʻambar, yahudiylardan bir soʻrab koʻring-chi, Muso ularning ota-bobolariga oʻsha moʻjizilarni olib kelganida Firavn: "Ey Muso, men seni sehrlanib qolgan odam, deb oʻylayman", demaganmidi?