Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 100 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 100 • Oʻzbekcha


قُلْ لَوْ أَنْتُمْ تَمْلِكُونَ خَزَائِنَ رَحْمَةِ رَبِّي إِذًا لَأَمْسَكْتُمْ خَشْيَةَ الْإِنْفَاقِ ۚ وَكَانَ الْإِنْسَانُ قَتُورًا 100
Tarjima:
Sen: «Agar sizlar Robbim rahmati xazinalariga ega bo`lsangiz ham, uni sarflashdan qo`rqib, mumsiklik qilgan bo`lar edingiz. Inson zoti, o`zi, baxil bo`lur», deb ayt. Isro 17:100
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Sizlar Parvardigorim rahmatining bitmas-tuganmas xazinalariga egalik qilganlaringizda ham uni ishlatib, tugatib qoʻyishdan, natijada kamabagʻal boʻlib qolishdan qoʻrqib, baribir xasislik qilavergan boʻlar edingizlar. Inson zoti tabiatan baxildir. Faqat moʻmin bundan mustasno. U Allohning savobini umid qilib sarflayveradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 99 Keyingi Isro • Oyat 101