Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 99 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 99 • Oʻzbekcha


أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ قَادِرٌ عَلَىٰ أَنْ يَخْلُقَ مِثْلَهُمْ وَجَعَلَ لَهُمْ أَجَلًا لَا رَيْبَ فِيهِ فَأَبَى الظَّالِمُونَ إِلَّا كُفُورًا 99
Tarjima:
Ular osmonlaru yerni yaratgan Alloh ularga o`xshashini yaratishga qodir ekanini va ular uchun shak-shubhasiz ajal belgilaganini bilmadilarmi?! Bas, zolimlar kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar. Isro 17:99
Tafsir:
Qayta tirilishni inkor qilayotgan anavilar osmonlaru yerdek buyuk mavjudotlarni yaratgan Alloh ularning oʻxshashini ham yaratishga qodir ekanini bilmaydilarmi? Shu qadar buyuk mavjudotlarni yaratgan Zot insondek mayda maxluqotni qayta tiriltira olmaydimi? Alloh ularga shu dunyoda qancha turishlari uchun aniq bir muddatni belgilab qoʻygan. Qayta tiriltirishga ham aniq bir muddat belgilangan. Qayta tirilishning haq ekaniga shuncha hujjatlar keltirilsa ham mushriklar inkor qilish, rad etishdan nariga oʻtmadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 98 Keyingi Isro • Oyat 100