Inson yaxshilikka duo qilganidek, yomonlikka ham duo qilur. Inson shoshqaloq bo`lgandir. Isro 17:11 ⧉
Tafsir:
Inson oʻziga duoyi xayr qilganidek, gʻazablangan paytida oʻziga ham, bolasiga ham, mol-davlatiga ham duoyi bad ham qilib yuboraveradi. Agar uning duoyi badini ijobat qilganimizda halokatga uchrab, mol-davlatidan ham, bolasidan ajrab qolgan boʻlardi. Inson tabiatan shoshqaloq qilib yaratilgan. Shuning uchun shoshqaloqlik qilib, oʻziga zarar boʻladigan ishlarni ham qilib qoʻyadi.