Kecha va kunduzni ikki belgi — alomat qildik. Kecha alomatini mahv etdik. Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun kunduz alomatini ko`rsatuvchi qildik. Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz. Isro 17:12 ⧉
Tafsir:
Kecha va kunduzni Allohning yagonaligi va qudratini koʻrsatib turadigan ikki belgi qildik. Bu ikki belgi uzun-qisqaligi, issiq-sovuqligi bilan ajralib turadi. Kechani uxlash va dam olish uchun qorongʻu ayladik. Kunduzni esa odamlar tirikchilik ishlari bilan mashgʻul boʻlishlari uchun yorugʻ qildik. Toki, yillar, oylar, soatlar sanogʻini va hisobni biling. Har bir narsani batafsil bayon qilganmiz. Haq bilan botil yaqqol ajralib turibdi.