Biz har bir insonning amalini bo`yniga bog`lab qo`yganmiz va qiyomat kuni unga kitob chiqaramizki, u unga ochilgan holda ro`baro` bo`lur. Isro 17:13 ⧉
Tafsir:
Har bir insonning qilgan amallarini boʻyniga bir taqinchoqdek ilib qoʻyganmiz. To hisobini bermagunicha undan ajralmaydi. Qiyomat kuni unga bir kitob qilib chiqaramiz. Oʻshanda yaxshiyu yomon hamma ishlari bitilgan kitob unga ochilgan holda roʻbaroʻ boʻlur.