Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 110 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 110 • Oʻzbekcha


قُلِ ادْعُوا اللَّهَ أَوِ ادْعُوا الرَّحْمَٰنَ ۖ أَيًّا مَا تَدْعُوا فَلَهُ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَلَا تَجْهَرْ بِصَلَاتِكَ وَلَا تُخَافِتْ بِهَا وَابْتَغِ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا 110
Tarjima:
Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Go`zal ismlar Unikidir», deb ayt. Namozingni juda baland ovoz ila o`qima, uni juda maxfiy ham o`qima, buning orasida bir yo`l tut. Isro 17:110
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizga "Yo Alloh, Yo Rahmon", deb duo qilishingizni inkor qiladiganlarga ayting: "Alloh ham, Rahmon ham Allohning nomlaridir. Qaysi birini aytib chaqirsangiz ham boʻlaveradi. U Zotning goʻzal nomlari bor. Bu ikkisi ham oʻshalardan. Allohga shu ikkisini aytib yoki boshqa nomlarini aytib duo qilish ham joiz. Namozingizda mushriklar eshitadigan darajada baland ovozda qiroat qilmang, moʻminlar eshitmay qoladigan darajada ovozingizni pastlatib ham yubormang. Shu ikkisining oʻrtasidagi bir yoʻlni tanlang".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 109 Keyingi Isro • Oyat 111