Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 111 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 111 • Oʻzbekcha


وَقُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُنْ لَهُ شَرِيكٌ فِي الْمُلْكِ وَلَمْ يَكُنْ لَهُ وَلِيٌّ مِنَ الذُّلِّ ۖ وَكَبِّرْهُ تَكْبِيرًا 111
Tarjima:
Sen: «Hamd bo`lsin, farzand tutmagan, mulkda sherigi bo`lmagan va xorlikdan qutqarguvchi do`stga zor bo`lmagan Allohga», degin. Va Uni mutlaqo ulug`la! Isro 17:111
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Bola koʻrish, sherikchilik qilish kabi nuqsonlardan pok boʻlgan, podshohligida yakka-yagona, hech qachon birovga, birovning yordamiga, madadiga zor boʻlmaydigan Allohgina hamma maqtovlarga loyiqdir". U Zotni tinimsiz ulugʻlang. U Zotning bolasi, sherigi, madadkori boʻlishi mumkin, degan oʻyni xayolingizga ham keltirmang.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 110 Keyingi Kahf • Oyat 1