O`z bandasiga kitob nozil etgan va unda hech bir egrilik qilmagan Allohga hamd bo`lsin. Al-Kahf 18:1 ⧉
Tafsir:
Bandasi va paygʻambari Muhammad alayhissalomga Quronni nozil qilib, unda bironta ham haqdan ogʻish, egrilik illatini qoʻymagan Allohga hamma maqtovlar, jalolatu kamolat sifatlari boʻlsin! Hamma oshkoru yashirin nematlar yolgʻiz Allohnikidir.