Uni to`g`ri qilgan; O`z huzuridan bo`ladigan shiddatli azobdan ogohlantiradigan; yaxshi amallarni qiladigan mo`minlarga, ularga go`zal ajr bo`lishi bashoratini beradigan qilgan Zotga. Kahf 18:2 ⧉
Tafsir:
Uni raso ayladi. Unda hech qanday ziddiyat, qarama-qarshilik yoʻq. Kofirlarni Alloh huzuridan keladigan qattiq azobdan ogohlantirish va yaxshi amallar qiladigan moʻminlarga oʻta goʻzal, mislsiz ajru savoblar borligi haqida xushxabar berish uchun Quronni nozil qildi.