Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 23 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 23 • Oʻzbekcha


وَقَضَىٰ رَبُّكَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا ۚ إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَا أُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَرِيمًا 23
Tarjima:
Robbing faqat Uning O`zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so`z ayt! Isro 17:23
Tafsir:
Ey banda, Parvardigoring senga faqat U Zotgagina ibodat qilishni, Undan boshqaga bandalik qilmaslikni hamda ota-onaga, ayniqsa, qarigan paytlarida yaxshilik qilishni buyurdi. Agar ulardan biri yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularni malol olib, uf tortma. Ularga qoʻpollik qilma, ozor berma. Har doim ularga eng muloyim, eng yaxshi gaplarni gapir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 22 Keyingi Isro • Oyat 24