Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahim qilgin», deb ayt. Isro 17:24 ⧉
Tafsir:
Ularga tavozeli boʻl, oʻzingni xokisor tut va ularning haqlariga: "Parvardigorim, ularga meni goʻdakligimda tarbiyalaganlari kabi rahm qil", deb duo qil.