Robbingiz sizning dilingizdagi narsani ham o`ta bilguvchidir. Agar ahli solihlardan bo`lsangiz, albatta, U sertavbalar uchun sermag`firatdir. Isro 17:25 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, Parvardigoringiz dillaringizdagi ixlos bilan ibodat qilish boʻladimi, ezgu ishlarni qilish boʻladimi, ota-onaga yaxshilik qilish boʻladimi, hammasini juda yaxshi bilib turadi. Ibodatingizda boʻlsin, ota-onaga yaxshilik qilishingizda boʻlsin, niyatlaringiz toʻgʻri boʻlsa, bas, U tavba qilguvchilar uchun Magʻfiratli Zotdir. Toat-ibodatda yoki ota-onaga yaxshilik qilishda xatoga yoʻl qoʻygan odam tavba qilsa, uni kechiradi.