Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni o`ldirmang. Magar haq ila bo`lsa, mayli. Kimki mazlum holida o`ldirilsa, uning valiyiga haq berganmiz. Bas, u o`ldirishda isrof qilmasin. Albatta, u nusrat berilgan odamdir. Al-Isra 17:33 ⧉
Tafsir:
Alloh qonini, yani, uni oʻldirishni iymoni tufayli yoki unga omonlik berilgani tufayli harom qilgan odamni oʻldirmanglar. Murtad boʻlishi, saqlangan holida zino qilishi yoki undan qasos olinishi kabi oʻzi oʻlimga haqli boʻlib qolgan holatlar bundan mustasno. Kim nohaq oʻldirilsa, merosxoʻrlari orasidan mayyitning ishiga masul odamga hokimiyat beriladi. U qasos uchun qotilni oʻldirishi ham, hech bir toʻlovsiz kechirib yuborishi ham, xunini olish evaziga kechirib yuborishi ham mumkin. U qotilnining quloq-burnini kesish yoki u oʻldirgan tarzdan boshqacha tarzda oʻldirish yo qotildan boshqasini oʻldirish kabi ishlarni qilib, Alloh buyurgan haddan oshmasin. Chunki u oʻzicha gʻolib boʻlayotgani yoʻq. Unga gʻoliblik berilyapti. U qoʻllab-quvvatlab turilibdi.