Yetimning moliga, toki u balog`at yoshiga yetguncha, yaqinlashmanglar. Magar yaxshilik ila bo`lsa, mayli. Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd mas'ul bo`lgan ishdir. Al-Isra 17:34 ⧉
Tafsir:
Mayyitdan qolgan goʻdaklarning molini to ular balogʻatga yetgunlariga qadar faqat ularning yaxshi unib-oʻsishi uchun zarur boʻlgan joylargagina sarflanglar. Allohga va U Zotning bandalariga bergan ahdingizga vafo qilinglar. Qiyomat kuni Alloh kimdan ahd olgan boʻlsa, undan vafo qilgan-qilmaganini soʻraydi. Vafo qilgan boʻlsa, mukofotini, qilmagan boʻlsa, jazosini beradi.