Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 36 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 36 • Oʻzbekcha


وَلَا تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ ۚ إِنَّ السَّمْعَ وَالْبَصَرَ وَالْفُؤَادَ كُلُّ أُولَٰئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْئُولًا 36
Tarjima:
O`zing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, ko`z va dil — ana o`shalar, mas'uldirlar. Isro 17:36
Tafsir:
Ey Odam bolasi, oʻzing bilmagan narsaga ergashma. Tagʻin gumonlar va taxminlar botqogʻiga botib qolmagin. Inson oʻzining qulogʻi, koʻzi va qalbini qaysi oʻrinlarda ishlatayotgani uchun javobgar boʻladi. Ezgu ishlarda ishlatgan boʻlsa, mukoftini, yomon ishlarda ishlatgan boʻlsa, jazosini olur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 35 Keyingi Isro • Oyat 37