Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va zinhor bo`yda tog`larga yeta olmaysan! Al-Isra 17:37 ⧉
Tafsir:
Yer yuzida kerilib, mutakabbirlik bilan yurma. Har qancha katta ketmagin, yerni teshib yubora olmaysan. Har qancha boʻyningni choʻzmagin, togʻlar bilan boʻylasha olmaysan. Shunday ekan, nimangga katta ketasan?!