Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Isra — Oyat 59 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Isra • Oyat 111 dan 59 • Oʻzbekcha


وَمَا مَنَعَنَا أَنْ نُرْسِلَ بِالْآيَاتِ إِلَّا أَنْ كَذَّبَ بِهَا الْأَوَّلُونَ ۚ وَآتَيْنَا ثَمُودَ النَّاقَةَ مُبْصِرَةً فَظَلَمُوا بِهَا ۚ وَمَا نُرْسِلُ بِالْآيَاتِ إِلَّا تَخْوِيفًا 59
Tarjima:
Bizni oyat-mo`'jizalarni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolg`onga chiqarganlari man qildi. Samudga tuyani ko`z ochuvchi (mo`'jiza) qilib berdik. Bas, uning sababidan (o`zlariga) zulm qildilar. Biz oyat-mo`'jizalarni faqat qo`rqitish uchungina yuboramiz. Al-Isra 17:59
Tafsir:
Mushriklar talab qilgan, Muhammad alayhissalomning rost paygʻambar ekaniga dalolat qiladigan oʻliklarni tiriltirish kabi hissiy moʻjizalarni nozil qilishdan Bizni faqat bir sabab toʻsadi, xolos. U ham boʻlsa, Biz oldingi ummatlarga shunday moʻjizalarni yuborganmiz. Ular esa Biz yuborgan moʻjizalarni tan olmaganlar, yolgʻonga chiqarganlar. Masalan, Samud qavmiga tuyani juda katta va ochiq-oydin moʻjiza qilib berdik. Ular esa kufr keltirdilar. Natijada biz ularga azobni tezlatdik. Biz paygʻambarlar orqali moʻjizalarni ummatlarni yomon oqibatdan ogohlantirib qoʻyish uchungina yuboramiz. Shoyadki, musulmon boʻlsalar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Isra • Oyat 58 Keyingi Al-Isra • Oyat 60