Biz senga: «Albatta, Robbing odamlarni ihota qilib o`rab olgandir», deganimizni esla. Biz senga ko`rsatgan narsalarni va Qur'onda la'natlangan daraxtni faqat odamlar uchun sinov qildik, xolos. Va ularni qo`rqitamiz. Bas, bu ular uchun katta tug`yondan boshqani ziyoda qilmas. Al-Isra 17:60 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizga: "Parvardigoringiz odamlarni ihota qilib olgan, hamma Allohning Changalidadir, U Zotning Oʻzi sizni himoya qiladi", deganimizni eslang. Sizga nimani yetkazish buyurilgan boʻlsa, oʻshani yetkazing, tamom. Isro kechasi sizga tushingizda koʻrsatganimiz odamlar uchun bir imtihon, yani, ular ishonadilarmi, yoʻqmi, shuni aniqlash edi. Quronda aytilgan, jahannamning qarida oʻsadigan Zaqqum daraxti ham bir sinov edi. Ular shu ikki oyat-alomatga ishonmaslar, boshqalariga ham ishonmaydilar. Oyat-alomatlarni nozil qilish bilan ularni yomon oqibatdan ogohlantiramiz, xolos. Lekin ular yanada battar zalolat botqogʻiga botib boraveradilar.