Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 67 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 67 • Oʻzbekcha


وَإِذَا مَسَّكُمُ الضُّرُّ فِي الْبَحْرِ ضَلَّ مَنْ تَدْعُونَ إِلَّا إِيَّاهُ ۖ فَلَمَّا نَجَّاكُمْ إِلَى الْبَرِّ أَعْرَضْتُمْ ۚ وَكَانَ الْإِنْسَانُ كَفُورًا 67
Tarjima:
Qachon sizni dengizda falokat tutsa, Undan o`zga iltijo qiladiganlaringiz g`oyib bo`lur. Qachonki sizga najot berib quruqlikka chiqarsa, yuz o`girasiz. Inson o`zi kufron(i ne'mat) qilguvchidir. Isro 17:67
Tafsir:
Ey mushriklar, dengizda biron falokat roʻy berib, halok boʻlish xavfi tugʻilgan paytda Allohni qoʻyib, ibodat qilayotganingiz oʻsha butlar xayolingizga ham kelmadi. Faqat Allohnigina yodga olib, Undangina madad soʻradingiz. Sizlarga madad berib, quruqlikka chiqarib, xavfu xatardan qutqarganidan keyin esa yana Allohni bir deb bilishdan, U Zotgagina duo qilishdan yuz oʻgirdingiz. Yana butlaringizga qaytib oldingiz. Inson zoti oʻzi Allohning nematlariga nonkoʻrlik qiladigan maxluqdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 66 Keyingi Isro • Oyat 68