Shoyad, Robbingiz sizga rahim qilsa. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Va jahannamni kofirlarga zindon qilganmiz. Isro 17:8 ⧉
Tafsir:
Ey Bani Isroil, shu qattiq intiqomdan keyin tavba qilsangiz, amallaringizni oʻnglasangiz, shoyad, Parvardigoringiz sizlarga rahm etsa. Undan keyin yana uchinchi yoki undan koʻproq marta buzgʻunchilikka qaytadigan boʻlsangizlar, Biz ham yana sizlardan intiqom olishga qaytaveramiz. Biz jahannamni kofirlarga zindon qilib qoʻyganmiz. Undan hech qachon chiqmaydilar.