Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Isra — Oyat 7 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Isra • Oyat 111 dan 7 • Oʻzbekcha


إِنْ أَحْسَنْتُمْ أَحْسَنْتُمْ لِأَنْفُسِكُمْ ۖ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا ۚ فَإِذَا جَاءَ وَعْدُ الْآخِرَةِ لِيَسُوءُوا وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُوا الْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُوا مَا عَلَوْا تَتْبِيرًا 7
Tarjima:
Agar yaxshilik qilsangiz, o`zingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, o`zingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg`unchilik)ning va'da vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz). Al-Isra 17:7
Tafsir:
Ey Bani Isroil, vazifalaringizni talab qilingandek bajarib, yaxshi ishlarni qilsangizlar, ularning mukofoti oʻzlaringizga boʻladi. Alloh amallaringizdan behojat. Yomonlik qilsangizlar ham uning yomon oqibati oʻzlaringizni tutadi. Allohga yaxshilik qilib foyda ham keltirmaysizlar, yomonlik qilib zarar ham. Ikkinchi buzgʻunchilik sodir boʻlganda yana ustingizga dushmanlaringizni hukmron qilib qoʻyamiz. Ular sizni sharmanda qilib, yuzingizni qora qilib, oʻzingizni xor qilib, Baytul-Maqdisga oldin qanday kirgan boʻlsa, yana oʻshanday kirib, uni batamom xarobazorga aylantiradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Isra • Oyat 6 Keyingi Al-Isra • Oyat 8