Ular bu dunyo hayotidayoq sa'yi-harakatlari botil bo`lgan, o`zlari esa, go`zal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», degin. Kahf 18:104 ⧉
Tafsir:
Ular Qiyomat kuni bu dunyoda qilgan ishlari zoye boʻlib ketganini koʻradilar. Holbuki, oʻsha ishlarini qilayotgan paytlarida oʻzlarini yaxshi ishlarni qilayotgan odamlar, deb bilgandilar. Bu ishlari ularga foyda keltiradi, deb oʻylagandilar. Voqelik esa uning aksini koʻrsatib turibdi.