Ana o`shalar Robbilari oyatlariga va unga ro`baro` kelishga kufr keltirganlardir. Bas, ularning amallari habata bo`ldi. Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz. Kahf 18:105 ⧉
Tafsir:
Ana oʻshalar Parvardigorning yagonaligiga dalolat qiluvchi oyatlariga kufr keltirgan va U Zot bilan roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilgan badbaxtlardir. Shu bilan kofirliklari kasofatidan ularning qilgan amallari habata ketur va Qiyomat kunida Allohning huzurida ularning zarracha qadr-qiymati qolmas.