Va shunday qilib, ularni o`zaro so`rashlari uchun uyg`otdik. Ulardan biri: «Qancha qoldinglar?» dedi. Ular: «Bir kun yoki bir kunning ba'zisicha qoldik», deyishdi. «Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli bo`lsin, sizni birovga sezdirib qo`ymasin», deyishdi.
Al-Kahf 18:19 ⧉