«Chunki, agar ular sizni qo`lga olsalar, toshbo`ron qiladilar yoki o`z millatlariga qaytaradilar. Unday bo`lsa, zinhor va abadiy najot topmassiz», deyishdi. Al-Kahf 18:20 ⧉
Tafsir:
Qavmingiz sizni bilib qolsalar, qayerda yashayotganingizdan xabar topib qolsalar, sizlarni toshboʻron qilib oʻldirib yuboradilar yoki yana oʻsha oʻzlarining egri dinlariga qaytaradilar. Alloh sizlarni haq dinga yoʻllab qoʻygandi. Endi yana oʻsha egri dinga qaytadigan boʻlsangizlar, bu dunyoda ham, oxiratda ham hech qachon najot topmaysizlar. Aksincha, Alloh hidoyat qilib qoʻygan haq dinni tark etganingiz va egri dinga qaytganingiz uchun har ikki dunyoni qoʻldan boy berasizlar.