Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Kahf — Oyat 21 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Kahf • Oyat 110 dan 21 • Oʻzbekcha


وَكَذَٰلِكَ أَعْثَرْنَا عَلَيْهِمْ لِيَعْلَمُوا أَنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَأَنَّ السَّاعَةَ لَا رَيْبَ فِيهَا إِذْ يَتَنَازَعُونَ بَيْنَهُمْ أَمْرَهُمْ ۖ فَقَالُوا ابْنُوا عَلَيْهِمْ بُنْيَانًا ۖ رَبُّهُمْ أَعْلَمُ بِهِمْ ۚ قَالَ الَّذِينَ غَلَبُوا عَلَىٰ أَمْرِهِمْ لَنَتَّخِذَنَّ عَلَيْهِمْ مَسْجِدًا 21
Tarjima:
Shunday qilib, Allohning va'dasi haq ekanini va qiyomat soatida shubha yo`q ekanini bilishlari uchun ularni (odamlarga) bildirdik. Endi esa, ular ishi haqida tortisha boshladilar: «Ularning ustlariga bino barpo qilinglar, Robbilari ularni yaxshi bilguvchidir», dedilar. Ishlariga g`olib kelganlar esa: «Ularning ustlariga, albatta, masjid qurib olurmiz», dedilar. Al-Kahf 18:21
Tafsir:
Ularni uzoq yillar uxlatib, Oʻz qudratimizni namoyish qilganimizdek, shahar ahlini ulardan xabardor qilib ham qoʻydik. Toki, ular Allohning moʻminlarni qoʻllab-quvvatlashi haqidagi vadasi haq ekanini, qayta tirilish haqligini, Qiyomat kuni ham shak-shubhasiz sodir boʻlishini bilib olsinlar. Gʻor sohiblarining ishi fosh boʻlib, oʻlib ketganlaridan keyin ulardan xabar topganlar, endi nima qilamiz, deb qoldilar. Ulardan bir guruhi: "Gʻorning ogʻziga bir bino quringlar, ularni toʻsib, himoya qilib tursin, ularning ahvolini Parvardigorlari bilguvchiroq", dedilar. Nufuzga, hokimiyatga ega boʻlgan ilmsiz kimsalar esa: "Ularning joyiga bir masjid qurib olib, oʻsha yerda ibodat qilamiz. Shu bilan ularga ehtirom koʻrsatgan va ularning xotirasini abadiylashtirgan boʻlamiz", dedilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Kahf • Oyat 20 Keyingi Al-Kahf • Oyat 22