Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Kahf — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Kahf • Oyat 110 dan 28 • Oʻzbekcha


وَاصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ الَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ بِالْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُ ۖ وَلَا تَعْدُ عَيْنَاكَ عَنْهُمْ تُرِيدُ زِينَةَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَلَا تُطِعْ مَنْ أَغْفَلْنَا قَلْبَهُ عَنْ ذِكْرِنَا وَاتَّبَعَ هَوَاهُ وَكَانَ أَمْرُهُ فُرُطًا 28
Tarjima:
O`zingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki ko`zingni burma. Qalbini O`z zikrimizdan g`ofil qilib qo`yganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma. Al-Kahf 18:28
Tafsir:
Parvardigorlariga Uning Yuzini istab, kechayu kunduz ixlos bilan ibodat va duo qiladigan zotlar bilan birga boʻlishda matonatli boʻling. Dunyo hayotining zeb-ziynatiga uchib, boylar va obroʻlilarga yaqin boʻlishni istab, ulardan koʻzlaringizni burmang. Shunday kimsalar borki, Biz ularning qalbini Bizni zikr qilishdan gʻofil qilib, muhrlab qoʻyganmiz. Ular sizga kambagʻallarni oldingizdan quvishni buyuradilar. Ular Parvardigorlariga emas, havoyi-nafslariga ergashadilar va ularning ishi hamma narsani zoye qilishdir. Siz ularga itoat etmang.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Kahf • Oyat 27 Keyingi Al-Kahf • Oyat 29