Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Kahf — Oyat 29 (Oʻzbekcha) — Video

Kahf • Oyat 110 dan 29 • Oʻzbekcha


وَقُلِ الْحَقُّ مِنْ رَبِّكُمْ ۖ فَمَنْ شَاءَ فَلْيُؤْمِنْ وَمَنْ شَاءَ فَلْيَكْفُرْ ۚ إِنَّا أَعْتَدْنَا لِلظَّالِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمْ سُرَادِقُهَا ۚ وَإِنْ يَسْتَغِيثُوا يُغَاثُوا بِمَاءٍ كَالْمُهْلِ يَشْوِي الْوُجُوهَ ۚ بِئْسَ الشَّرَابُ وَسَاءَتْ مُرْتَفَقًا 29
Tarjima:
Sen: «Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni o`rab oladigan olovni tayyorlab qo`yganmiz. Agar yordam so`rasalar, eritilgan ma'dan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan «yordam» beriladi. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy! Kahf 18:29
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi qalblari Allohning zikridan gʻofillarga ayting: "Sizlarga olib kelgan xabarim haqdir. U oʻzim tarafimdan emas, Alloh tarafidandir. Moʻminlarni haydash haqidagi talabingizni bajarmayman. Sizlardan kim shu haqqa iymon keltirishni istasa, iymon keltirsin. Mukofotini oladi. Kim kufr keltirmoqchi boʻlsa, kufr keltirsin. Jazosini oladi. Biz zolimlarga alangasi ularni chirmab oladigan bir olovni tayyorlab qoʻyganmiz. Undan qocha olmaydilar. Tashnalikdan qattiq qiynalib, suv soʻrasalar, xuddi dogʻlangan yogʻ kabi yuzlarni kuydirib yuboradigan suv berilur. Bu naqadar yomon ichimlik. U chanqoqni qondirmaydi, oʻtni oʻchirmaydi, balki, battar kuchaytiradi. Doʻzax naqadar yomon joy, yomon qarorgoh!"
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Kahf • Oyat 28 Keyingi Kahf • Oyat 30