Ularga dunyo hayotining misolini keltir. U, Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydi. Uning sababi ila yer nabototlari aralashib chiqdi. Bas, xashakka aylanib, uni shamol uchirib ketdi. Alloh har bir narsaga qodir bo`lgan Zotdir. Al-Kahf 18:45 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, dunyoga aldanib qolganlarga bir misol keltiring. Dunyo zavol topish va tezda fanoga yuz tutish borasida xuddi osmondan bir yomgʻir yogʻib, u tufayli yer yuzida oʻsimliklar unib, saldan keyin esa ular qurib-qovjirab, sinib-parchalanib, singan boʻlaklarini shamollar uchirib ketishiga, yer esa yana boyagidek tap-taqir boʻlib qolishiga oʻxshaydi. Alloh har doim har ishga qodir. U Zotning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Istagan paytida jon ato etadi, istagan paytida fano chohiga otadi.