Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Kahf — Oyat 46 (Oʻzbekcha) — Video

Kahf • Oyat 110 dan 46 • Oʻzbekcha


الْمَالُ وَالْبَنُونَ زِينَةُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَالْبَاقِيَاتُ الصَّالِحَاتُ خَيْرٌ عِنْدَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ أَمَلًا 46
Tarjima:
Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir. Kahf 18:46
Tafsir:
Mol-davlat va bola-chaqa shu dunyoning bezagidir. Oxiratda esa Alloh rizosi yoʻlida sarflanmagan mol-davlatdan foyda yoʻq. Alloh rizosi yoʻlidagi ishlar va gaplar bu dunyoning har qancha zebu ziynatidan yaxshiroqdir. Insonning orzu qilishiga, intilishiga arziydigan narsa mana shudir. Zero, dunyoning zebu ziynati foniydir. Alloh rizosi yoʻlidagi ishlar va gaplar esa boqiydir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Kahf • Oyat 45 Keyingi Kahf • Oyat 47