Va Robbingga safga tortilgan hollarida ro`baro` qilindilar. «Batahqiq, sizlarni avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday Bizga keldingiz. Ammo siz Bizni hech joy va vaqt va'da qilganimiz yo`q, deb o`ylar edingiz», (deyildi). Al-Kahf 18:48 ⧉
Tafsir:
Odamlar saf-saf boʻlib, Parvardigoringizga roʻbaroʻ qilinurlar. Keyin Alloh ulardan hisob olur. Ularga shunday deyilur: "Mana, huzurimizga yalangʻoch, yalangoyoq, onadan qanday tugʻilgan boʻlsangiz, oʻshanday holingizda keldingiz. Qayta tirilmaymiz, qilgan ishlarimizga javob bermaymiz, jazoyimizni olmaymiz, deb oʻylagandingiz."