Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Kahf — Oyat 49 (Oʻzbekcha) — Video

Kahf • Oyat 110 dan 49 • Oʻzbekcha


وَوُضِعَ الْكِتَابُ فَتَرَى الْمُجْرِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا فِيهِ وَيَقُولُونَ يَا وَيْلَتَنَا مَالِ هَٰذَا الْكِتَابِ لَا يُغَادِرُ صَغِيرَةً وَلَا كَبِيرَةً إِلَّا أَحْصَاهَا ۚ وَوَجَدُوا مَا عَمِلُوا حَاضِرًا ۗ وَلَا يَظْلِمُ رَبُّكَ أَحَدًا 49
Tarjima:
Va kitob qo`yildi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qo`rqqan hollarida ko`rasan. Ular: «Voy, sho`rimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qo`ymay hisob qilibdi-ya», derlar. Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbing hech kimga zulm qilmas. Kahf 18:49
Tafsir:
Nomai amollar qoʻyilur. Kimdir uni oʻng qoʻli bilan olsa, kimdir chap qoʻli bilan olar. Ana shunda, ey inson, kofirlarning qoʻrquvdan dagʻ-dagʻ titrayotganlarini koʻrasan. Chunki ular oʻzlarining kufru masiyatlar ila kelganlarini juda yaxshi biladilar va shunday deydilar: "Voh, shoʻrimiz qurib qoldi. Bu qanday nomai amolki, katta-yu kichik, bironta amalimizni qoldirmasdan, hammasini bitib qoʻyibdi". Shu dunyoda qilib oʻtgan hamma gunohlari yozib qoʻyilganini koʻradilar. Ey, Paygʻambar, Parvardigoringiz hech kimga zulm qilmas. Bironta begunohni jazolamas. Itoatkorning savobini esa toʻkis holda berar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Kahf • Oyat 48 Keyingi Kahf • Oyat 50