Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Kahf — Oyat 50 (Oʻzbekcha) — Video

Kahf • Oyat 110 dan 50 • Oʻzbekcha


وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ كَانَ مِنَ الْجِنِّ فَفَسَقَ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِ ۗ أَفَتَتَّخِذُونَهُ وَذُرِّيَّتَهُ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِي وَهُمْ لَكُمْ عَدُوٌّ ۚ بِئْسَ لِلظَّالِمِينَ بَدَلًا 50
Tarjima:
Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla. Bas, o`shanda ular sajda qildilar. Magar iblis qilmadi. U jindan bo`lgan edi. U o`z Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar meni qo`yib uni va uning zurriyotlarini do`st qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U, zolimlar uchun naqadar yomon badaldir. Kahf 18:50
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Farishtalarga: "Odamga salom berish manosida sajda qilingiz", degan edik, hammalari Parvardigorning farmoniga boʻysunib, sajda qildilar. Birgina shayton farmoni ilohiyga boʻysunmadi. U farishtalardan emas, jinlardan edi. Odamga sajda qilishdan bosh tortdi, oʻzini katta oldi. Shu bilan Parvardigorga itoatsizlik qildi. Ey odamlar, endi Allohni qoʻyib, shu shaytonni va uning avlodini doʻst tutasizlarmi? Axir ular sizning dushmaningiz-ku! Qanday qilib dushmaningizni doʻst tutasiz? Allohni qoʻyib, shaytonga doʻst boʻlish zolimlar uchun naqadar manfur va jirkanch badal!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Kahf • Oyat 49 Keyingi Kahf • Oyat 51