Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Kahf — Oyat 51 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Kahf • Oyat 110 dan 51 • Oʻzbekcha


مَا أَشْهَدْتُهُمْ خَلْقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَلَا خَلْقَ أَنْفُسِهِمْ وَمَا كُنْتُ مُتَّخِذَ الْمُضِلِّينَ عَضُدًا 51
Tarjima:
Men ularni na osmonlaru yerni yaratishga va na o`zlarini yaratishga guvoh qilganman va adashtirguvchilarni yordamchi qilib olgan emasman. Al-Kahf 18:51
Tafsir:
Meni qoʻyib, oʻshalarni doʻst tutdingiz. Holbuki, ular ham xuddi sizlardek bandalar, xolos. Osmonlaru yerni yaratayotganimda ularga koʻrsatib, ularni guvoh qilib yaratmaganman. Bir-birlarining yaratilishiga ham guvoh boʻlmaganlar. Yaratish, tadbir qilish bobida Men Yagonaman. Odamlarni yoʻldan ozdiradigan insu jin shaytonlarini Oʻzimga yordamchi qilib olgan emasman. Men hech qachon yordamchiga muhtoj boʻlmayman.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Kahf • Oyat 50 Keyingi Al-Kahf • Oyat 52