Muso o`z yigitiga: «Ikki dengiz jamlangan joyga yetmagunimcha, yillarni o`tkazsam ham, yuraveraman», deganini esla. Kahf 18:60 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Muso alayhissalom oʻzining xizmatkori Yusha ibn Nunga dedi: "To ikki dengiz tutashadigan joyga yetmagunimcha yoki uzoq vaqt yoʻl yurib, oʻsha solih bandani uchratib, undan talim olmagunimcha toʻxtamay ketaveraman".