Ana u shaharlarni ham zulm qilganlarida halok etganmiz va ularning halokatlariga vaqt belgilaganmiz. Al-Kahf 18:59 ⧉
Tafsir:
Hud, Solih, Shuayb qavmlari kabi sizlardan oldingi shaharlarni ham kufru masiyatlar ila oʻzlariga oʻzlari zulm qilganlaridan keyin halok qilganmiz. Ularni halok qilishga aniq bir vaqtni belgilab qoʻyganmiz.