Endi bolaga kelsak, ota-onasi mo`min kishilar edi. Bas, biz uning ikkovlarini tug`yon va kufr ila ezishidan qo`rqdik. Al-Kahf 18:80 ⧉
Tafsir:
Bir bolani oʻldirib qoʻyganimga ham etiroz bildirganding. Uning ota-onasi moʻmin odamlar edilar. Uning kofir boʻlishi Allohga malum edi. Katta boʻlganida ota-onasining muhabbatini suiistemol qilib yoki ularning muhtojligidan foydalanib, ularni Allohga kufr keltirishga va tugʻyonga olib borib qoʻyishidan qoʻrqdik.