Men sizlardan ham, Allohdan o`zga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt bo`lmasam», dedi. Maryam 19:48 ⧉
Tafsir:
Sizlardan ham, Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan butlaringizdan ham chetalanaman va yolgʻiz Parvardigorimga iltijo qilurman. U Zotga hech narsani sherik qilmasman. Shoyadki, Parvardigorim iltijoyimni rad etmasa va men U Zotga duo qilishim bilan badbaxt boʻlib qolmasam".