U: «Omon bo`l. Endi Robbimdan seni mag`firat qilishini so`rayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir. Maryam 19:47 ⧉
Tafsir:
Ibrohim alayhissalom otasiga dedi: "Omon boʻling. Sizga yomonlik hohlamayman. Parvardigorimdan sizni magʻfirat qilishini soʻrayman. Shubhasiz, U Zot menga juda Mehribondir".