U: «Ey Ibrohim, sen mening xudolarimdan yuz o`giruvchimisan?! Qasamki, agar to`xtamasang, seni, albatta, toshbo`ron qilaman! Mendan uzoq ket!» – dedi. Maryam 19:46 ⧉
Tafsir:
Ozar oʻgʻli Ibrohim alayhissalomga dedi: "Ey Ibrohim, hali sen men ibodat qilayotgan butlardan yuz oʻgiradigan boʻlib qoldingmi?! Butlarimni haqoratlashdan toʻxtamasang, seni toshboʻron qilaman! Koʻzimdan yoʻqol! Menga gapirma! Yonimga ham kelma!