U menga va Ya'qub oilasiga merosxo`r bo`lsin. Ey Robbim, uni O`zing rozi bo`ladigan qil», dedi. Maryam 19:6 ⧉
Tafsir:
Farzandki, Paygʻambarlikni mendan va Yaqub alayhissalom oilasidan meros oladigan boʻlsin. Parvardigorim uni oʻz dinida ham, xulqida ham, ilmida ham Oʻzing rozi boʻladigan odam qilgin.