«Ey Zakariyo, Biz senga ismi Yahyo bo`lgan bir o`g`ilning xushxabarini beramiz. Bundan oldin unga otdosh qilgan emasmiz». Maryam 19:7 ⧉
Tafsir:
Alloh uning duosini ijobat qilib, shunday nido qildi: "Ey Zakariyo, senga xushxabar bor. Duoyingni ijobat qildik va senga Yahyo ismli bir oʻgʻil berdik. Undan oldin hech kimga bu nomni bergan emasmiz".