Biz faqat Robbingning amri bilangina tushamiz. Bizning oldimizdagi narsalar va ortimizdagi narsalar hamda ularning orasidagi narsalar ham Unikidir. Robbing unutguvchi bo`lmagan. Maryam 19:64 ⧉
Tafsir:
Ey Jabroil, Muhammad alayhissalomga shunday deb ayt: "Farishtalar oʻzlaridan oʻzlari tushmaydilar. Ular Allohning farmoni bilan tushadilar. Kelajakdagi oxiratda boʻladigan ishlar ham, ortdagi shu dunyoda boʻlib oʻtgan ishlar ham, dunyo bilan oxirat oʻrtasidagi ishlar ham yolgʻiz U Zotning Qoʻlidadir. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz biron narsani unutib qoʻymas".