Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Maryam — Oyat 65 (Oʻzbekcha) — Video

Maryam • Oyat 98 dan 65 • Oʻzbekcha


رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَاعْبُدْهُ وَاصْطَبِرْ لِعِبَادَتِهِ ۚ هَلْ تَعْلَمُ لَهُ سَمِيًّا 65
Tarjima:
U osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbidir. Bas, Unga ibodat qil va Uning ibodatida sabrli bo`l. Unga tengdoshni bilurmisan? Maryam 19:65
Tafsir:
Osmonlarning yaratuvchisi, yerning yaratuvchisi, ular orasidagi narsalarning yaratuvchisi, hamma-hammasining egasi, hamma-hammasini boshqarib turgan Zot Allohdir. Bas, yolgʻiz Ungagina ibodat qiling. Zero, mabudlikka haqli zot yolgʻiz Udir. Unga ibodat qilishda barqaror turing. Mabudlikda uning oʻxshashi, tengi yoʻqdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Maryam • Oyat 64 Keyingi Maryam • Oyat 66